CRM (Customer Relationship Management) — mijozlar va sotuv jarayonini boshqarish tizimi. Ko'p bizneslar "bizga hali erta" deb o'ylaydi, lekin quyidagi belgilardan bir nechtasi tanish tuyulsa, sotuv jarayoningiz allaqachon qo'lda boshqarish chegarasidan chiqib ketgan bo'lishi mumkin.
1. Lead'lar Excel, daftar va Telegram orasida yo'qolib qolyapti
Yangi mijoz murojaati bir vaqtning o'zida Excel jadvali, menejerning shaxsiy Telegram chati va qog'oz daftarda saqlansa — hech kim umumiy rasmni ko'rmaydi. Menejer ishdan chiqsa, uning lead'lari ham u bilan "ketadi".
2. Qaysi mijoz qaysi bosqichda ekanini aniq ayta olmaysiz
"Hozir nechta lead to'lovga yaqin turibdi?" degan savolga javob taxminiy bo'lsa — bu sotuv voronkasi ko'rinmasligining belgisi.
3. Menejerlar orasida ma'lumot qo'lda uzatiladi
Bitta mijoz bilan bir nechta menejer ishlasa (biri murojaatni qabul qiladi, ikkinchisi shartnoma tuzadi) va ma'lumot og'zaki yoki skrinshot orqali uzatilsa — bu doim xatolikka olib keladi.
4. Hisobot tayyorlash soatlab yoki kunlab vaqt oladi
Oy oxirida "nechta lead keldi, nechtasi to'lov qildi" degan oddiy hisobot uchun bir nechta fayl ochib qo'lda sanash kerak bo'lsa — bu yo'qotilgan vaqt.
5. Dublikat lead'lar aniqlanmaydi
Bitta mijoz ikki marta murojaat qilsa, buni qo'lda payqash qiyin — natijada ikkita menejer bitta mijozga parallel qo'ng'iroq qiladi.
6. Telegramdan kelgan buyurtmalar qo'lda ko'chiriladi
Telegram bot yoki kanal orqali kelgan buyurtmani menejer qo'lda boshqa tizimga kiritayotgan bo'lsa — bu bosqich avtomatlashtirilishi mumkin.
7. Yangi xodimni o'rgatish hafta(lar) davom etadi
Jarayon rasmiylashtirilmagan bo'lsa, har bir yangi menejer faqat og'zaki o'rgatiladi — bu sekin va nostandart natija beradi.
Bu belgilarning ildizi bitta
Ro'yxatdagi muammolarning aksariyati bitta sababga borib taqaladi — markazlashgan sotuv tizimining yo'qligi. CRM tizim lead kelishidan to'lov qabul qilishgacha butun jarayonni Kanban voronkasiga joylashtiradi, Telegram bilan ikki tomonlama sinxronlanadi va dublikat lead'larni avtomatik aniqlaydi.
Chindan Group loyihasida aynan shu muammolar mavjud edi. Lead → CRM → to'lov → hisobot zanjirini bitta tizimga bog'lagandan so'ng, qo'lda bajariladigan ishlar taxminan 70% ga kamaydi.
Tez-tez so'raladigan savollar
- CRM va Excel farqi nima? Excel jadval — statik ro'yxat, tarixni, bosqichlarni va bildirishnomalarni avtomatlashtirmaydi. CRM esa har bir lead uchun to'liq tarix, biriktirilgan menejer va avtomatik bosqich boshqaruvini beradi.
- Mavjud AmoCRM yoki Bitrix24 bilan ishlaydimi? Ha, real loyihalarimizda AmoCRM, Bitrix24, UTEL va Meta Ads bilan sinxronizatsiya qurganmiz — CRM xizmati sahifasida batafsil.
Agar yuqoridagi belgilardan 2–3 tasi tanish tuyulsa — biz bilan bog'laning, loyihangizni bepul muhokama qilamiz.
